O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi "O`zbekiston bo`ylab sayohat" nominasiyasi bo`yicha eng yaxshi ijtimoiy rolik uchun xalqaro tanlovi o`tkazilishini e`lon qildi.
Tanlovda televizion va kinostudiyalar, mustaqil ishtirokchilar va bloggerlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan XXV Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida o`tkazilmoqda.
Ishtirokchilar quyidagi asosiy nominasiyalar bo`yicha bitta yoki bir nechta videoroliklarni yuborishlari mumkin:
- «O`zbekistonga xush kelibsiz» («Welcome to Uzbekistan»"), «Madaniy va tarixiy O`zbekiston ("Must See "),«O`zbekistonda gastronomik turizm» ("Taste Me").
Har bir ishtirokchidan qabul qilinadigan videoroliklarsoni cheklanmagan.
Nominasiyalar bo`yicha 1-o`rinni egallagan g`oliblarga 15 000 000 so`m, 2-o`rin uchun 10 000 000 so`m, 3-o`rin uchun 5 000.000 so`m miqdorida pul mukofotlari va Gran-pri sovrindorlariga «Spark» avtomobili beriladi.
Shuningdek, tanlov tashkilotchilari tomonidan «O`zbekistonning ekologik turizmi», «O`zbekistonda MICE Turizmi», «O`zbekistonning Ziyorat –Turizmi», «O`zbekistonning tibbiy turizmi», "O`zbekistonning etno-turizmi", «O`zbekiston agroturizmi», «Jamiyatda o`zini tutish madaniyati», «O`zbekistonning hududlari umumiyligi» va «O`zbekistonda xavfsizlik» yo`nalishlarida qo`shimcha nominasiyalarni ham ko`zda tutadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2019 yilning 5-noyabrigacha o`z ishingizni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga topshirishingiz kerak. Tanlov g`oliblari sayyohlik yarmarkasi davomida onlayn ovoz berish orqali vakolatli hakamlar hay`ati tomonidan tanlanadi.
Tanlov g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 2019 yil 14noyabrda "O`zekspomarkaz"da bo`lib o`tadigan tantanali qabul (kechki ovqat dasturxoni) doirasida o`tkaziladi.
Batafsil ma`lumotlar www.uzbekturism.uz va www.naesmi.uz.rasmiy veb-saytlarida va
https://t.me/clegacyuz, https://t.me/madaniymerosi telegram-kanallarida mavjud.
Ma`lumot uchun telefonlar: 99-797-68-27, 90-270-60-80, (0-371) 237-28-30, 237-28-33.






