AsosiyJamiyat

Kimlarga benzin sotib olish uchun oylik pul kompensasiyasi to`lanadi?

'Kimlarga benzin sotib olish uchun oylik pul kompensasiyasi to`lanadi?'ning rasmi

Adliya vazirligining eslatishicha, qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensasiyasi to`lanadi. 2019 yil 15 avgustdan kompensasiya miqdori 75 000 so`mni tashkil etadi.

✅ Kompensasiya olish huquqiga ega shaxslar ro`yxati: 

👉 urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

👉 urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

👉 mehnatda mayib bo`lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;

👉 I va II guruh bolalikdan nogironlar.

✅ Kompensasiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

👉 ariza;

👉 pasport nusxasi;

👉 imtiyozga bo`lgan huquqlar to`g`risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);

👉 tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ma`lumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib bo`lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);

👉 avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;

👉 haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida ro`yxatdan o`tgan oila a`zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.

    Boshqa yangiliklar