AsosiyJamiyat

“Burchmullo” o`rmon xo`jaligida yong`in sodir bo`ldi

'“Burchmullo” o`rmon xo`jaligida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

2019 yilning 21 oktyabr kuni soat 13:40 da Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani, Chorbog`-Sijjak yo`lida joylashgan Sarboq MFY Mingchuqur hududidagi “Burchmullo” o`rmon xo`jaligiga qarashli ochiq maydonda yong`in bo`layotgani haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong`inni bartaraf etishga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari, 3 ta suv tashuvchi maxsus texnikasi va o`rmon xo`jaligining 100 nafarga yaqin ishchi-xizmatchilari jalb etilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi. 

Birinchi bo`linmalar chaqirilgan manzilga 20 daqiqada etib borgan (eng yaqin yong`in-qutqaruv qismigacha masofa 10 km). Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 14:37 da o`rab olingan va 15:10 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan.

Yong`in oqibatida 20 gektar ochiq maydonda quruq o`t, shox-shabba va daraxtlar yongan. Yong`inni taxminiy kelib chiqish sababi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar