Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Saudiya Arabistonining “Alqusaier company” kompaniyasi bosh direktori Abdul Aziz al-Kusayr tomonidan imzolangan memorandumga ko`ra, 78 gektar maydonda Namangan Sity barpo etiladi.
Unda biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, uch, to`rt va besh yulduzli mehmonxonalar, ofislar, konferensiyalar saroyi, ko`rgazma zallari, turar-joylar va villalar, maktab, bolalar bog`chasi, restoranlar va boshqa ijtimoiy soha ob`ektlari o`rin oladi.
Loyihani moliyalashtirish to`laligicha “Alqusaier company” kompaniyasi mablag`i hisobidan amalga oshiriladi. Viloyat hokimligi Namangan Sity ni elektr energiyasi, gaz, suv, kanalizasiya tarmoqlari, yo`l va boshqa shu kabi barcha zarur infratuzilma hamda kommunikasiya tizimi bilan ta`minlashga doir masalalarni hal etadi. Loyihani amalga oshirish uchun kerakli ruxsatnomalarni olishda, undan foydalanish davrida malakali kadrlar bilan ta`minlashga ko`maklashadi.
Xabarga ko`ra, Namangan City qurilishi loyihasi tegishli hujjatlar imzolangandan so`ng 3-5 yil ichida amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.






