"Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan xorij fuqarosi M.N. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada, uning qing`ir rejasi fosh bo`ldi. Ya`ni, ushbu shaxsning gugurt qutisi ichidagi gugurt cho`pining uchiga yopishtirilgan to`q jigarrangdagi “gashish” giyohvandlik vositasini go`yoki haqiqiy gugurt cho`pi sifatida bojxonachilarni ishontirishga urinishi naf bermadi.
Qing`ir niyatli kimsa tomonidan olib kirilayotgan “gashish”ning gugurt cho`pi bilan og`irligi 0,35 grammni tashkil qildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", - deya xabar qiladi Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.






