20 oktyabr kuni Buxoro viloyatida zamonaviy tibbiy diagnostika markazining taqdimoti o`tkazildi.
Markazni rekonstruksiya qilish hamda muassasa moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalardan foydalangan holda aholiga malakali diagnostik xizmat ko`rsatish, shuningdek, dekretiv kontingentlar, haydovchilar, viloyatdan chet elga chiquvchilar hamda chet el fuqarolariga konsultativ maslahatlar berish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, markazda gematologogik tahlillar, spermograf, koagulometr, qonning biokimyoviy tahlili, IFA va PSR zamonaviy laborator tekshiruvlarini amalga oshirish mumkin.
Ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan 5 milliard so`m mablag` sarflandi. Shu bilan birga qariyb 3 milliard so`m mablag` evaziga 15 turdagi zamonaviy tibbiy jihozlar xarid qilindi. Tadbirda yig`ilganlar markazning ana shunday zamonaviy qiyofasi va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.






