Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan axborot makonida shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid sharhlar yozilganda ularni aniqlash va zudlik bilan o`chirib yuborishni tizimli ravishda tashkil qilish bo`yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo`yildi.
Endilikda, veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga O`zbekiston qonunchiligi talablarini buzuvchi, shuningdek qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi umumfoydalanishdagi axborot (maqola, materiallar, axborotlar, ma`lumotlar, Internet tarmog`i foydalanuvchilari izohlari va boshqalar)larni darhol o`chirib yuborish uchun Agentlik tomonidan xabarnoma yuboriladi.
Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger xabarnoma olingan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O`zbekiston qonunchiligiga zid bo`lgan axborotni zudlik bilan o`chirib tashlashi, shuningdek bu to`g`rida Agentlikni xabardor qilishi lozim bo`ladi.
Agar axborot o`chirilmasa, u holda Agentlik veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger bilan nizolarni hal qilish uchun sudga da`vo kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 4 noyabrga qadar muhokama qilinadi






