Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarini yashirin yo`llar bilan olib o`tilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan bojxona qonunchiligini buzishga uringan qing`ir niyatli kimsa fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Xovosobod” chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.M. bojxonachilar e`tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 49 million so`mlik 14 dona noutbuklarni bojxona to`lovlarini to`lamaslik maqsadida ushbu post orqali harakatlangan boshqa fuqarolar ko`magida noqonuniy tarzda olib o`tmoqchi bo`lganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






