AsosiyJamiyat

Ov quroli qo`llagan holda odam hayotiga suiqasd qilish jinoyati yuzasidan bayonot

'Ov quroli qo`llagan holda odam hayotiga suiqasd qilish jinoyati yuzasidan bayonot'ning rasmi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019 yil 20 oktyabr soat 00.00larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Zafar I. (1979 y.t.) fuqaro Yorqin B. (1999 y.t.) va uning qarindoshlari bilan o`zaro janjallashib, MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o`q uzib, qasddan o`ldirishga suiqasd qilgan.  

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 21 oktyabrda Sh.Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Zafar I. prosessual tartibda ushlangan.  

Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar