“O`zRTXB” AJ umumiy savdo aylanmasi hajmi 2019 yilning 9 oylik yakuniga ko`ra 31 642,2 mlrd so`mni tashkil qildi va 2018 yilning 9 oylik yakuniga nisbatan 41% ga o`sdi. Kichik va xususiy tadbirkorlar ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2018 yilning mos davri bilan solishtirganda 36% ga o`sib, 15 504,7 mlrd so`mni tashkil etdi.
Birja savdolari orqali tuzilgan bitimlarning hajmi 2018 yilning 9 oylik yakuniga nisbatan 35% ga o`sib, 27 758,5 mlrd so`mni tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar savdolar davomida bozor narxlarining shakllanishi evaziga 1 586,2 mlrd so`mlik qo`shimcha daromad olishdi.
Ko`rib chiqilayotgan davr mobaynida elektron davlat xaridlari bo`yicha 2 657,5 mlrd so`mlik bitimlar tuzilib, mablag`larning tejalishi – 542,9 mlrd so`mni tashkil etdi. Ko`rgazma yarmarka savdolarida 26% ga o`sib, 1 112,6 mlrd so`mlik bitimlar tuzildi.
Shuningdek birjaning onlayn auksionida 113,2 mlrd so`mlik 26 820 avtoraqamlar sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o`rtacha qiymati 4,1mln so`mni tashkil etdi.
Birjaning valyuta savdo maydonchasi va ko`rgazma-yarmarka savdolari orqali 105,8 mln AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi va bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 22% ga ko`pdir. Shu jumladan birja eksportining tarkibini paxta tolasi (47%), polietilen (31,5%), neft mahsulotlari (13%) va suyultirilgan gaz (7,8%) kabi tovar pozisiyalari egallashdi.
Joriy yilning 9 oylik yakuniga ko`ra “O`zRTXB” AJ ga 13332 fuqarolar murojaatlari, shu jumladan 157 tasi jismoniy shaxslardan va 1175 tasi yuridik shaxslardan kelib tushdi. Bundan tashqari birjaning Call-markazi tomonidan 34097 ta telefon qo`ng`iroqlari qabul qilingan, hamda 705 ta qo`ng`iroqlar “Ishonch telefoni” bo`yicha kelib tushgan. Mazkur murojaatlar aniq muddatlarda va sifatli ko`rib chiqilib, ko`tarilgan masalalar bo`yicha qonunchilik doirasida tegishli echimini topish choralari ko`rilgan.






