21 oktyabr kuni Islom Karimov ko`chasida harakat qisman cheklanadi, deya xabar beradi IIBB axborot xizmati.
Tashkent city kompleksi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari atrofidagi yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 21 oktyabr kunidan yuk og`irligi besh tonnadan ortiq bo`lgan yuk mashinalari uchun cheklov o`rnatilmoqda.
Cheklov Islom Karimov ko`chasining Olmazor ko`chasidan Bunyodkor ko`chasigacha bo`lgan qismida 6 oy muddat davomida amal qiladi.
Shuningdek bir kun davomida (21 oktyabr) Tashkent City parki soat 14.00 dan 20.00 gacha yopiq bo`ladi.






