AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Farg`ona viloyati Qo`qon shahridan qo`shni Tojikiston Respublikasining Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni MN-28-sonli “Qo`qon-Shaydon” yo`nalishining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tadbirda Shaydon shahri va Farg`ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur avtobus qatnovi yo`nalish masofasi 84,5 km. bo`lib, Shaydon shahri tomonidan “RAXSh-R.M” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo`qon shahridan “Mansur Mirzohid” MChJga qarashli ISUZU avtobuslarida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatiladi. Yo`lkira narxi 23 000 so`m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar