AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Buyuk Britaniya universitetining filiali ochiladi

'O`zbekistonda Buyuk Britaniya universitetining filiali ochiladi'ning rasmi

Joriy yilning 18 oktyabr kuni O`zbekiston adliya vaziri R. Davletov Buyuk Britaniyaning Yuridik universiteti (ULaw) rahbariyati bilan O`zbekistonda universitet filialini tashkil etish loyihasini tezkor amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o`tkazdi.

Tomonlar Toshkent shahrida universitet filialini tashkil etish bo`yicha amaliy harakatlar rejasini batafsil muhokama qildilar va ishchi guruh tarkibini tasdiqlashdi. Shuningdek, loyiha bosqichlari, o`quv dasturlari va moliyalashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu haqda O`zbekiston axborot agentligi xabar berdi.

Loyiha talabalarga biznesni boshqarish bo`yicha bakalavr dasturlarini, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligining o`ziga xos jihatlarini va xalqaro savdo huquqi bo`yicha LLB bo`yicha ta`lim beradi.

Ma`lumot uchun: ULaw (University of Law) Buyuk Britaniyaning notijorat xususiy universiteti bo`lib, huquqshunoslik, ixtisoslashtirilgan yuridik ta`lim va Britaniya huquqshunoslari va yuristlari uchun uzluksiz ta`lim kurslarini taqdim etadi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent shahridagi Xalqaro yuridik universitet Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24 sentyabrdagi qaroriga binoan tashkil etilmoqda.

Boshqa yangiliklar