AsosiyJamiyat

Hatto erkaklarga ham homiladorlik hamda tug`ish nafaqalari to`langan

'Hatto erkaklarga ham homiladorlik hamda tug`ish nafaqalari to`langan'ning rasmi

O`rganishlar natijasiga ko`ra, O`zbekistonda 2017-2018 yillar va 2019 yilning birinchi choragida byudjet muassasalari xodimlariga 529,5 milliard so`m homiladorlik va tug`ish nafaqasi to`langan.

Shundan 345 million so`mlik nafaqa asossiz to`langani aniqlangan. Bundan tashqari, nafaqani hisoblashda xodimning o`rtacha ish haqini asossiz ravishda oshirib ko`rsatish yoki noqonuniy yo`llar bilan to`lov hujjatlariga to`lanishi lozim bo`lgan summaga nisbatan ko`proq pul yozish bilan respublika bo`yicha 696 million so`mdan ortiq mablag` talon-toroj qilingani ma`lum bo`lgan. Bular haqda «Huquq» gazetasining 17 oktyabrdagi 42-sonida maqola chop etildi.

Bosh prokuraturaning ayrim byudjet muassasalarida nafaqa tayinlanishini o`rganganish xulosalariga bag`ishlangan mazkur maqoladi byudjet muassasalarida umuman ishlamaydigan, pensiyaga chiqib ketgan, homilador bo`lmagan va homiladorlik ta`tiliga chiqmagan shaxslar nomiga soxta ma`lumotlar asosida homiladorlik va tug`ish nafaqalari yozish, aynan bir xodimga bir necha marta pul hisoblash bo`yicha 820 million so`mdan ortiq mablag` o`zlashtirilgan.

Hatto erkak kishilarga ham soxta ma`lumotlar asosida homiladorlik va tug`ish nafaqasi yozilgan. Xususan, Jizzax viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri iqtisodchisiga 2,1 million so`m va Jizzax shahridagi 20-maktab qorovuliga 900 ming so`m homiladorlik va tug`ish nafaqasi to`langan.

Bundan tashqari, byudjet mablag`larining to`g`ri sarflanishini ta`minlashga mas`ul shaxslar talon-torojga sherik bo`lgan. Xususan, Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi etakchi iqtisodchisi O.A. kollejlarning bosh hisobchilari bilan til biriktirib, soxta hujjatlar asosida 358 million so`m homiladorlik va tug`ish nafaqasini o`zlashtirgan.

O`rganishlarda jami 1 275 ta byudjet muassasasida ushbu maqsad uchun ajratilgan 3,1 milliard so`mdan ortiq mablag` noqonuniy sarflangan.

Boshqa yangiliklar