AsosiyJamiyat

Avtomobil urib yuborgan inspektor videoga olgan shaxsga nisbatan chora ko`rilishini so`radi

'Avtomobil urib yuborgan inspektor videoga olgan shaxsga nisbatan chora ko`rilishini so`radi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va matbuot-xizmati bugun ertalab YTH natijasida jabr ko`rgan YPX inspektori leytenant Murod Dadamuxammedovan xabar olishdi.

Eslatib o`tamiz, Shayxontoxur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko`chalari kesishmasida “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 25 yoshli Anvar R. yo`l harakatini tartibga solib turgan YPX inspektorini urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig`i general-mayor Djuraev R. Murodni davolovchi shifokor bilan suhbatlashganidan so`ng, xodimning holati qoniqarli ekanligi ma`lum bo`ldi. General-mayor YPX inspektoriga tezroq shifo topishini tilab, Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi xodim va uning oilasiga har qanday yordam berishga tayyorligini bildirdi. 

Xodimni urib yuborgan haydovchi ham shifoxonaga kelgan edi. U bo`lib o`tgan hodisadan afsusda.

Xodim va haydovchining uchrashuvi haqida videolavhada batafsil ma`lumot beramiz.

Shu bilan birga ma`lum qilamizki, YTH joyida tushirilib, internet tarmog`iga chiqarilgan video YPX inspektorini g`azabini keltirdi. Leytenant IIBB boshlig`i nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora ko`rilishini so`rab, raport topshirdi.

Haqiqatdan ham havaskor-videooperatorning harakatlarini insoniylik nuqtai nazaridan tushunish qiyin. Toshkent shahar IIBB boshlig`i tomonidan O`z xavfsizlik xizmati xodimlariga “mobil operatori”ni shaxsini aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko`rish bo`yicha topshiriq berildi. Ushbu fakt bo`yicha to`plangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etiladi.   

 

 

    Boshqa yangiliklar