2019 yilning 16 avgust kuni soat 19 dan 51 daqiqa o`tganda Xorazm viloyati Urganch shahri Mahtumquli ko`chasi 94-uyda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqida FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar bermoqda.
Voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari yuborilgan. Bo`linmalar ko`rsatilgan manzilga 6 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 20:05 da qurshab olingan va soat 20:45 da to`liq o`chirilgan.
Yong`in o`chiruvchilar tomonidan uy egasining 3 nafar 2009, 2014 va 2018 y.t. nabiralari qutqarilgan hamda uyning 130 kv.metr maydoni saqlab qolingan.
Yong`in oqibatida uyning 70 kv.metr maydonda tomi, shifti, uy jihozlari hamda uy egasiga tegishli “DAMAS” rusumli avtomobili yonib zararlangan. Hodisaning taxminiy kelib chiqish sababi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






