AsosiyJamiyat

Nozim Safari: “Dusovni rus ertaklaridagi "derevenskiy durachok"ka o`xshataman...”

'Nozim Safari: “Dusovni rus ertaklaridagi "derevenskiy durachok"ka o`xshataman...”'ning rasmi

Sal avval xalq deputatlari Bo`stonliq tumani Kengashi deputati K.Dusovni “Milliy tiklanish” partiyasi deputatlikka nomzodlar ro`yxatidan chiqartirilganini ma`lum qilgan edik.

Uch kundirki, muhokamalar maydonida bo`lib kelayotgan deputat bilan bog`liq holatlarga bloger Nozim Safari o`z munosabatini bildirdi:

“Dusovni rus ertaklaridagi obraz, "derevenskiy durachok"ka o`xshataman. U o`zi qandaydir ahamiyatga ega deputat emas edi. Tuman kengashi deputati, jamoatchilik asosida. Lekin Feysbukda lop etib populizm bilan tanila boshladi. Keyinchalik uni gapirtira boshlashdi. Hammasi shu paytda boshlandi.

Dusov har aytgan gaplari yangi va yangi xayplarni yaratdi. Uning gaplari o`ta mantiqsiz va juda kulguli edi. Axborot saytlari bosib chiqara boshlashdi. Odamlar "derevenskiy durachok"ning keyingi bayonotlarini ham kutadigan bo`lishdi. "Prosmotr"lar oshdi. Dusov "zvezda"ga aylandi.

Siyosiy va diniy bilimi haminqadar bo`lgan Dusov gapirar, odamlar esa kulishardi. Dusov esa o`ziga o`zi ishona boshladi. Ayollarni tahqirladi, aholi bilan janjallashdi, jurnalistga qo`pollik qildi, feysbukda uyg`urlar qasdini olish uchun Xitoyga jihod qilish da`vatlarni, O`zbekiston qonunchiligi bilan taqiqlangan radikalizmga to`la maqolalarni qo`llab-quvvatladi. Kuni kecha esa o`z partiyasining raisiga ham tashlanib keskin qoraladi.

Menga uning qanaqa deputat bo`lgani qiziq emas. Menga uni qanday deputat bo`lgani qiziq. Qanday? Milliy tiklanish mundoq o`z deputatlari bilan gaplashib, suhbat qiladimi? Bilimi, ongi va ruhiy sog`lomligini tekshiradimi? Ko`chadan kelgan xohlagan deputat bo`lib ketaveradimi?” — deya savol bilan tugallangan mulohaza.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Internet tarmog`ida K.Dusovni yashnobodliklar bilan tortishuvi e`lon qilingan edi. Bunga deputat tomonidan berilgan izohni ham bergandik.

    Boshqa yangiliklar