Transport xizmat ko`rsatish sohasida hamkorlikni davom ettirish, yo`l chetlarida to`xtab turish joylarini hamda yo`l-transport harakatini boshqarish tizimiga oid me`yoriy hujjatlarni o`rganish maqsadida shahar hokimiyati va Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari xizmat safari bilan Sankt-Peterburgga tashrif buyurishdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Safardan maqsad – Transport rejalashtirish markazi faoliyati, avtoturargohlarni boshqarish tizimini hamda Sankt-Peterburgda yo`l harakati tashkillashtirilishini o`rganish.
Qayd etish joizki, Sankt-Peterburg DBI “Sankt-Peterburgda yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha direksiyasi” faoliyatining asosiy yo`nalishlari bu: yo`l chizmalarini yotqizish, yo`l belgilarini o`rnatish va texnik xizmat ko`rsatish, loyihalashtirish, svetoforlar qurish va ularga texnik xizmat ko`rsatish, hamda yo`l ishlari olib borilishi vaqtida yo`l harakatini tashkil etish chizmalarini muvofiqlashtirish.
O`z navbatida, Sankt-Peterburg Transport rejalashtirish markazi faoliyati transport kompleksining strategik va joriy rejalashtirishga, shahar transport kompleksining ishlashini monitoring qilishga yo`naltirilgan.
Shu bilan birga delegasiya shahar avtoturargohlarining tashkil etilishi tartibi bilan tanishib chiqishdi.






