AsosiyJamiyat

Mirobodliklarga tadbirkor buzgan bolalar maydoni qaytarib beriladigan bo`ldi

'Mirobodliklarga tadbirkor buzgan bolalar maydoni qaytarib beriladigan bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirobod tumani aholisi tomonidan yashash uylarini oldida buzilgan bolalar o`yin maydonchasini tiklashni talab qilganliklari yuzasidan xabarlar tarqalgan. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan ko`rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2015 yil 9 fevraldagi 96-sonli qaroriga asosan xususiy tadbirkorga Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 24-uy manzilida joylashgan mavjud binolarni ta`mirlash hamda o`ziga tegishli hududning 0,04 gektar qismida qo`shimcha ma`muriy va maishiy xizmat ko`rsatish majmuasi qurishga ruxsat berilgan.

Mazkur qaror shaharsozlikka oid qonun hujjatlari talablariga zid bo`lganligi bois, Toshkent shahar prokuraturasining protestiga asosan bekor qilingan.

Shu bilan birga, Chilonzor tuman ma`muriy sudining 13.11.2018 yilgi hal qiluv qarori bilan ham “Baraka kommunal” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining arizasi qanoatlantirilib, shahar hokimining yuqoridagi qarori haqiqiy emas deb topilgan. 

Shundan so`ng, bolalar o`yin maydonchasi o`rnida olib borilayotgan qurilish ishlari to`xtatilgan, lekin, hudud avvalgi holatiga keltirilmagan.     

2019 yil 16 oktyabr kuni Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan fuqarolar manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga xususiy tadbirkor zimmasiga qurilmani buzish va hududni avvalgi holatiga keltirish majburiyatini yuklash haqida da`vo arizasi kiritildi.

Sud qarori qabul qilinib, holat qonuniy echimini topgunga qadar mazkur masala kun tartibida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar