Ichki ishlar xodimlari tomonidan yana bir mudhish qotillikning oldi olindi.
Kecha, ya`ni 2019 yilning 16 oktyabr kuni soat 20-45 larda Buxoro viloyati Gijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaro Xamid A. turmush o`rtog`i, o`qituvchi bo`lib ishlaydigan Farida T.ni begona erkaklar bilan ishqiy munosabatda bo`layotganligini gumon qilib, uni o`ldirmoqchi bo`ladi.
Biroq, er bolta bilan qurollanib, ayolini o`ldirmoqchi bo`lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Ma`lumot berilishicha, ayni paytda aybdor ushlangan va holat yuzasidan Gijduvon tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro Xamid A.ga nisbatan JK 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






