Shu yilning 13–19 oktyabr kunlari Bolgariya Islom akademiyasida Tatariston Respublikasi rahbariyati ko`magi bilan Qozon Federal universiteti va Rossiya Federasiyasi Fan va oliy ta`lim vazirligi, Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va Tatariston respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi bilan hamkorligida “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” birinchi xalqaro forumini o`tkazmoqda.
Mazkur forumda Hadis ilmi maktabi rektori O.Yusupov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov va markaz bo`lim boshlig`i B.Amonov ishtirok etmoqda.
Forumni o`tkazishdan asosiy maqsad - ilmiy-ekspert jamoatchiligi, jamoat va din arboblarining Rossiya musulmon xalqlarining an`anaviy islomiy ma`naviy qadriyatlarini saqlash, o`rganish va rivojlantirishning dolzarb muammolarini, islom ilohiyotshunosligi va islom ta`lim tizimini rivojlantirish, madaniy, sivilizasiya va dinlararo muloqotni kuchaytirish masalalarini muhokama qilish va ularni hal qilishda o`zaro hamkorlik o`rnatishdan iborat.
Shuningdek, Forumda Rossiya va xorijiy olimlarning oliy islom ta`limini rivojlantirish sohasidagi yutuqlari bilan ilmiy, uslubiy va axborot almashinuvi; dunyo va Rossiya musulmon hamjamiyatida islom ilohiyatshunosligini rivojlanishidagi tizimli yondashuvlar; Islom dinida zamonaviy masalalarga oid hukmlar kabi masalalar muhokama qilinadi.






