17 oktyabr kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumanining “Podshobog`” mahallasi, “Xirmontepa” (sobiq Nikitina), “To`rtariq”, “Podshobog`” ko`chalarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo`ladi.
Aholi yashash uylariga elektr energiyasi etkazib beruvchi yuqori kuchlanishli hamda 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari yangilanib, ta`mirlash ishlarini xavfsiz amalga oshirish maqsadida elektr energiyasi vaqtincha o`chiriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so`ramoqda.






