AsosiyJamiyat

Kirakashlardan pul yig`ayotgan zo`ravonlarni IIB himoya qilayotgani rostmi?

'Kirakashlardan pul yig`ayotgan zo`ravonlarni IIB himoya qilayotgani rostmi?'ning rasmi

2019 yil 16 oktyabr kuni telegramm messendjerining “Sizdantelegram” kanalida “FARG`ONA – “Kirakashlardan noqonuniy pul yig`ayotgan zo`ravonlarni IIB rahbariyati himoya qilayotgani rostmi?” sarlavhali xabar tarqalgan.Ushbu ma`lumotga IIV matbuot xizmati zudlik bilan aniqlik kiritdi

Mazkur holat Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o`rganib chiqildi. Ma`lum bo`ldiki, viloyatining Furqat tumani Navbahor shaharchasida joylashgan shohbekat va unga yondosh hududlarda tumanlararo, yo`nalishli va yo`nalishsiz yo`lovchi tashuvchi taksi haydovchilaridan noqonuniy pul yig`ish holatlari yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar