Adliya vazirligining yuridik kollejlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (873-son, 15.10.2019 y.) qabul qilindi, deya xabar berilmoqda.
Qaror bilan yuridik kollejlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta`mirlash va jihozlash parametrlari tasdiqlandi.
Qarorga ko`ra, ob`ektlarda qurilish va montaj ishlari “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlarida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, martaba darajalariga ega bo`lgan yuridik kollejlari xodimlariga ustamalar va martaba darajalari uchun qo`shimchalar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi va byudjetdan tashqari boshqa mablag`lari hisobidan to`lanadi.
2025 yil 1 yanvarga qadar mazkur qaror doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro`yxat bo`yicha olib kiriladigan O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar va qurilish materiallari bojxona to`lovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod qilinadi.
Shuningdek, yuridik kollejlarda zamonaviy AKTni yanada keng joriy qilish maqsadida “Elektron yuridik kollej” elektron platformasi ishlab chiqiladi, elektron hujjat aylanish tizimi yaratiladi






