Moldovalik bog`bonlarning EastFruit jurnalistlariga bergan xabarlariga ko`ra, 2019 yilda ular birinchi martta ishchi kuchi taqchilligiga uchragan. Natijada, bu yili rekord darajani tashkil etishi kutilayotgan olma hosilini qisqa vaqtda terib olishga ulgurmasligi va mahsulotni saqlashda yo`qotishlarga sabab bo`lishi mumkin. Mavsum avvalidan yirik bog`dorchilik xo`jaliklari Markaziy Osiyo davlatlaridan ishchilar qidirishni boshlashgan. Xususan, bir nechta korxonalar tomonidan o`zbekistonlik ishchilar qonuniy ish bilan ta`minlangan.
Horijlik ishchilarni yollagan tadbirkorlarning ta`kidlashlaricha, Moldovadagi o`zbekistonlik ishchilar kuniga 40 AQSh dollarigacha bo`lgan miqdorda pul ishlab topishlari mumkin. Ular oyiga 600 dan 1000 AQSh dollarigacha maosh olishadi. Ish vaqtlari esa kunlik 10-12 soat. Ishchilar ish haqlaridan tashqari bepul turar-joy va oziq-ovqat bilan ta`minlanishi ham aytib o`tilgan.






