Banklar iste`molchilari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo`yiladigan minimal talablar to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi, deya xabar berilmoqda.
Unga ko`ra, endilikda iste`molchi-jismoniy shaxs yashash joyidan qat`iy nazar o`zi tanlagan bankka kredit olish uchun murojaat etishga haqli ekanligi belgilab qo`yildi.
Mazkur o`zgarish bugundan, ya`ni 2019 yil 16 oktyabrdan kuchga kiradi.






