Asaka shahrining dovrug`i qo`shni davlatlarda ham ma`lum. Bunga uning qadimiyligi, hunarmandchiligi, O`zbekiston avtomobilsozlik zavodining aynan shu shaharda faoliyat yuritishi sababdir. O`z o`rnida shaharni mashhur qilgan avtomobilsozlar uning dovrug`ini yanada ko`tarishga ahd qildilar. Boisi, tumanda olib boriladigan bunyodkorlik ishlari qatorida qad rostlashi ko`zda tutilgan “Asaka Siti”ning qurilishi “O`zavtosanoat” AJ tomonidan amalga oshiriladigan bo`ldi. Buning uchun tumandan 50 gektar er maydoni ajratildi.
Dastlabki taklifiy loyihalar muhokamasida “O`zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umrzoqov ishtirok etdi.






