AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi “O`zavtosanoat” hamda UzAuto Motors kompaniyasiga “Ta`lim homiysi” ko`krak nishonini topshirdi

'Xalq ta`limi vazirligi “O`zavtosanoat” hamda UzAuto Motors kompaniyasiga “Ta`lim homiysi” ko`krak nishonini topshirdi'ning rasmi

O`qituvchi va murabbiylar kuniga bag`ishlangan aksiya doirasida xarid qilingan ilk avtomobillar o`z egalariga topshirildi.

Joriy yilning 15 oktyabr kuni xalq ta`limi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglarga O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan aksiya doirasida xarid qilingan avtomobillarning kalitlari topshirildi.

O`qituvchi va murabbiylar kuni arafasida UzAuto Motors imtiyozli shartlar asosida avtomobil sotib olish imkoniyatini beruvchi aksiya e`lon qilgan edi. Barcha modeldagi avtomobillar uchun e`lon qilingan maxsus bayramona aksiya doirasida 10323 nafar o`qituvchi avtomobil olish uchun shartnoma imzoladi. Ularning 6325 nafari O`zbekiston xalq ta`limi vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Bir guruh o`qituvchilar 15 oktyabr kuni xarid qilgan avtomobillarini qabul qildi. Qolgan o`qituvchilar avtomobillarini bosqichma-bosqich oladi.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Temurjon Komilov o`qituvchilar nomidan ”O`zavtosanoat” va UzAuto Motors kompaniyalari rahbariyatiga tashkil etilgan aksiya uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Tadbir doirasida Temurjon Komilov “O`zavtosanoat” hamda UzAuto Motors rahbariyatiga vazirlikning “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni hamda aksiya doirasida yuzaga kelgan masalalarni o`z vaqtida hal etgani uchun kompaniya xodimlariga Faxriy yorliqlarini topshirdi.

 

    Boshqa yangiliklar