Yoxud “OBOD QIShLOQ” DASTURI MABLAG`LARINI "EGAN" HAMTOVOQ MANSABDORLAR
2017 yildan 2018 yil 15 oktyabrga qadar Bog`dod tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasining 60 yoshni qoralagan rahbari muqaddam ikki bor sudlanganiga qaramay, o`ziga tegishli xulosa chiqarmagan ko`rinadi. Yo`qsa, mansab vakolatini suiiste`mol qilib, muqaddam olti bor sudlangan korxona bosh hisobchisi bilan birovning haqiga xiyonat qilmagan bo`lishardi...
63.434.000 SO`MNI "ChO`NTAKKA URGAN"
Buyurtmachi“Farg`onamintaqaviyyo`llargabuyurtmachi xizmati” DUK tomonidan Bag`dod tumani, Qatag`on qishlog`ida 4,2km.uzunlikdaichkixo`jalikyo`llarinijoriyta`mirlash uchun pudratchiga 2018 yil 4 iyundagi shartnomaga asosan avans tariqasida o`tkazib berilgan179.340.000 so`mbyudjetmablag`laridan105.453.000so`mlikqurilishta`mirlash ishlarini bajaradi. Qolgan 63.434.000 so`mni esa “cho`ntakka urgan”. Ushbu o`tkazilgan pullarni korxona hisobotlarida qayd etmay, rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritadi. Ularni esa buyurtmachiga taqdimqilgan.
IKKINChI IMKONNI HAMQO`LDAN BOY BERMADI
Osongina pul orttirishga o`rgangan rahbar“Uzyo`lbutlash” sho``ba korxonasi tomonidan Buyuk Britaniyadan bojxona to`lovlaridan imtiyoz qo`llab import qilingan va “Obod qishloq” dasturi doirasida yo`l qurilish ishlarini amalga oshirish uchun Bag`dod TYFUKga berilgan 94.695.675so`mlik 53tonna 780 kilogramm bitum mahsulotini “KokandGold Future” MChJga“ Mayda donali issiq asfalt ”tayyorlashuchun dalolatnoma asosida o`tkazib beradi. U erda tayyorlangan 747,5 tonna 143.045.963 so`mlik mahsulotni ishonchnoma bo`yicha mas`ul shaxs olishi kerak edi. Biroq mas`ul shaxs nomidan 2017yil 30noyabrda nafsiga qul bo`lgan rahbar imzo qo`yib, qabul qiladi. Doimgidek rasmiy hujjatlarni qalbakilashtiradi. Ya`ni, 109.861.307so`mlik 574,9tonna asfalt mahsulotini korxonaga kirim qilmasdan chiqim qiladi.
RAHBARIDANANDOZAOLGANYaNABIRNAFSQULI
Bosh hisobchi 2018 yil16 oktyabrdan 2019 yil 19 martga qadarBag`dod tuman yo`llardanfoydalanish unitar korxonasigayangi rahbar etib tayinlanadi. Muqaddam 2018 yil sudlangan korxonaning yangibosh hisobchisini o`ziga hamtovoq qiliboladi.“Farg`onamintaqaviy yo`llargabuyurtmachi xizmati” DUK tomonidan2018yil18oktyabrdagi shartnomaga asosan Qatag`on qishlog`ining ichki yo`llarini joriyta`mirlashuchunavans tariqasida o`tkazib berilgan 278.220.000 so`m byudjet mablag`idan 199.220.000 so`miga qurilishta`mirlash ishlarinibajaradi.Tabiiyki, qolgan pulni“uxlatadi”. 19 oktyabrdagi to`lov topshiriqnomasi orqali jami79.000.000so`mbyudjet mablag`larini o`zmaqsadlari uchun sarflabyuborgan. Ushbu qonunbuzarliklar korxonaning 20172018 yildagi moliyaviy xo`jalik faoliyati yuzasidantekshirish o`tkazilganda fosh bo`lgan. Sudlanuvchilar sudda e`lon qilingan aybga to`liq iqror bo`lishdi. Shuningdek, ularning aybi sudda so`ralgan fuqaroviy da`vogar, guvohlarning ko`rsatuvlari bilan ham tasdiqlangan.
Olimjon TOG`AEV, jinoyat ishlari bo`yicha Bag`dod tuman sudi raisi:
— Sudlanuvchilar tegishlimoddalar bilanayblidebtopildi.Korxonaning ikkinchi rahbariJKning 60-moddasi tartibida JIB Bag`dodtuman sudining 2018 yil 12 martdagihukmi bilantayinlanib,o`talmagan1yilaxloqtuzatishishlarijazosiniyangihukmbo`yichatayinlanganjazoga qisman qo`shib, o`tash uchun 2 yilmuddatgamansabdorlik va moddiy javobgarlikyuklatilganvazifalardaishlash muayyan huquqidan mahrum qilib, oylik ishhaqining20foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2yil 6oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.Korxonaning birinchi rahbari JKning 60-moddasi tartibida JIB Rishton tuman sudining 2018yil 5yanvardagi hukmi bilan tayinlanib, o`talmagan 8oy muddatga muayyan huquqidan mahrum qilish jazosi yangi hukm bo`yicha tayinlangan jazoga qisman qo`shib, o`tash uchun 3yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash muayyan huquqidan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining 120 baravari miqdorida, ya`ni 24.327.600 so`m jarima jazosi tayinlandi.
Ikkinchi bosh hisobchi JKning 60-moddasi tartibida JIB Bag`dod tuman sudining 2018yil 20apreldagi hukmi bilantayinlanib, o`talmagan 1yil 1oy axloq tuzatish ishlari jazosini yangi hukm bo`yicha tayinlangan jazoga qisman qo`shib, o`tash uchun 3yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash muayyan huquqidan mahrum qilib, oylik ish haqining 20foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
“Obod qishloq” dasturi orqali faloncha qishloq obod qilindi...” deya bong uramiz. Biroq tahririyatimizga kelayotgan “tumanimizda yo`llar ta`mirlanmagan, suv, gaz, chiroq yo`q”, degan mazmundagi murojaatlarning keti uzilmayotgani ham haqiqat. Mutasaddilar bilan bog`langanimizda esa “rejaga kiritilgan, tez orada amalga oshiriladi”, degan javoblarni olamiz. Aslida mavjud kamchiliklarning bartaraf etilmayotganining aslnegizi“ qahramonlari”miz kabi ayrim mansabdorlarning “faolligi”da emasmikan?..
Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist






