O`zbekistonda yana bir yangi telekanal ochilishi mumkin. Bu haqida “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida foydalanuvchilardan birining “AGRO TV” telekanalini tashkil etish haqidagi murojaati e`lon qilindi.
“Bugungi kunda respublikamizda barcha sohalarda bo`lgani kabi qishloq xo`jaligi sohasida ham amalga oshirilayotgan o`zgarish va islohotlar xalqni juda xursand qilmoqda.
Mamlakatimiz aholisining ko`pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilganligi sababli, aholiga qishloq xo`jalik sohasida samarali mehnat qilish va daromad topishga imkoniyat yaratilmoqda.
Xususan, hozirda issiqxona tashkil etganlik, tovuq, tuyaqush, qoramol boqqanlik, qalampir etishtirganlik, paxta va bog`dorchilik yo`nalishlarida ko`plab imtiyozli kreditlar berilmoqda, kundan-kunga yangiliklar qilinmoqda.
Biroq ko`pchilik bular haqida bilishmaydi. Shu maqsadda, ular haqida aholiga batafsil ma`lumotlar beruvchi, qishloq xo`jaligi sir-asrorlarini o`rgatuvchi maxsus “AGRO TV” telekanalini tashkil etish kerak”,— deb taklif bildirilgan.






