“Samarqand” xalqaro aeroportiga xorijiy yo`nalishdagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro X.S. “yashil” yo`lak orqali bojxona nazoratidan o`tish vaqtida unga tegishli bo`lgan qo`l sumkasi bojxonachilar tomonidan xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, ushbu shaxsning qo`l sumkasi ichida umumiy qiymati
6 million so`mlik, olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan va barchasi kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan zargarlik buyumlarining og`irligi 493,92 grammni tashkil etdi.
Ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan sud majlisida fuqaro Sh.I. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 22722-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va unga nisbatan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.






