AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kunda 2718 ta yo`l harakati qoidabuzarligi aniqlangan

'Toshkentda bir kunda 2718 ta yo`l harakati qoidabuzarligi aniqlangan'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi.

Bir kun ichida, 13 oktyabr kuni, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YPX inspektorlari tomonidan 2718 ta yo`l harakati qoidabuzarligi aniqlangan.

Ularning 683 tasi yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzish faktlari. Xususan, 51 haydovchi taqiq signaliga e`tibor bermagani, 13 tasi mast holatda rulga o`tirgani va 16 marta haydash paytida telefondan foydalangani.

Bundan tashqari, quyidagi holatlar bo`yicha ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar tuzilgan: belgilanmagan joyda to`xtash - 54 ta; tegishli ruxsatnomasiz avtomobil oynalarini qoraytirganlik - 4; piyodalarning piyodalar o`tish joyidan o`tishiga yo`l qo`ymaganlik uchun - 119.

Shu bilan birga, 252 nafar piyodalarga ham yo`l harakati qoidalarini buzganlik holatlari bo`yicha protokollar tuzilgan.

Stasionar va ko`chma avtomatlashtirilgan radarlar tomonidan transport vositalarining haydovchilari tomonidan belgilangan tezlikdan oshgan 978 ta holat qayd etilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar