AsosiyJamiyat

O`qituvchilar uchun yangi nishonlar ta`sis etilmoqda

'O`qituvchilar uchun yangi nishonlar ta`sis etilmoqda'ning rasmi

Oliy, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimi pedagog va xodimlarini rag`batlantirish uchun “Oliy ta`lim fidoyisi” hamda “O`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi fidoyisi” ko`krak nishonlari ta`sis etilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Qarorga ko`ra, mukofot bilan ta`lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish ishlariga munosib hissa qo`shayotgan ta`lim tizimi vakillari taqdirlanadi.

Ta`lim muassasalari ko`krak nishonlari bilan taqdirlash bo`yicha takliflarni har yili 20 iyulga qadar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etishi lozim. Taqdirlash to`g`risidagi tegishli buyruq har yili 25 sentyabrgacha chiqariladi.

Shuningdek, hujjatda ko`krak nishoni har yili O`qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida tantanali topshirish ko`zda tutilmoqda. Ko`krak nishoni sohiblari bazaviy hisoblash miqdorining to`rt baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti olishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar