O`zbekiston Respublikasi TIV Konsullik-huquqiy Departamenti hodisa yuzasidan axborot berdi.
Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 13 oktyabr kuni Leningrad viloyati Viborg tumanida cho`pon bo`lib ishlagan O`zbekiston fuqarosi S.A.ning baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani to`g`risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Ayni paytda tergovgacha bo`lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug`ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va eslatib o`tadiki, Rossiyaning Shimoli-g`arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.






