AsosiyJamiyat

Yana bir tumanda bepul elektr hisoblagichlar o`rnatila boshlandi

'Yana bir tumanda bepul elektr hisoblagichlar o`rnatila boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 15 oktyabrdan boshlab Janubiy Koreyaning “KT Sorporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Narpay tumani iste`molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlanadi. Narpay tumanida 39 600 ta hisoblagich o`rnatilishi belgilangan. Hozirda mamlakatimizning 63 ta shahar hamda tumanlarida 1,7 milliondan ziyod elektr hisoblagichlar o`rnatildi.

Hozirda Samarqand shahar va Samarqand tumani, Urgut, Pastdarg`om, Kattaqo`rg`on tuman va Kattaqo`rg`on shahar, Ishtixon, Bulung`ur, Jomboy, Chelak hududi, Paxtachi, Payariq, Qo`shrabod, Oqdaryo hamda Toyloq tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to`liq o`rnatilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, hisoblagichlar iste`molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari hisobidan bepul o`rnatilmoqda.

Hisoblagichlar o`rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta`magirlik holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo`lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-202-50-55, 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o`z murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.  

 

    Boshqa yangiliklar