AsosiyJamiyat

«Investisiya vizasi» egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi

'«Investisiya vizasi» egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi'ning rasmi

Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (864-son, 11.10.2019 y.). 

Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son (http://lex.uz/docs/4168749) Farmoni bilan xorijiy investisiya kiritgan shaxslar uchun «investisiya vizasi» joriy etilgan bo`lib, kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq ushbu vizani berish tartibi va u bilan bog`liq imtiyozlar belgilanganligi e`lon qilindi

Jumladan, investisiya vizasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi. 

Vizani olish va uzaytirish uchun xorijiy investisiya ishtirokidagi korxona iltimosnomasi, kiritilgan investisiya to`g`risidagi ma`lumotnomalardan birini ilova qilgan holda belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qilinadi.

Shuningdek, investisiya vizasiga ega bo`lgan xorijiy investorlar va ularning oila a`zolari respublika OTMlarida o`qish davrida O`zbekiston  fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya hamda oliy ta`limdan keyingi ta`limni olishga haqlidirlar.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, 3 mln AQSh dollari miqdorida investisiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga O`zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi (ilgari barcha chet el fuqarolari uchun 5 yil muddatga berilgan).

    Boshqa yangiliklar