AsosiyJamiyat

Bir oilaning tiklanishi

'Bir oilaning tiklanishi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo`limi ish yurituviga kelib tushgan Fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudining 13.08.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Qurbonov E`zozdan undiruvchi Sharipova Nafisa foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 16.08.2019 yil kuni kelib tushgan.

Shuningdek, ushbu ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar davlat ijrochisi tomonidan qarzdor Qurbonov E`zoz va undiruvchi Sharipova Nafisaga aliment pullarini o`z vaqtida to`lamasa, qarzdor ma`muriy (qamoq jazosiga) javobgarlikga tortilishi, otasi bo`la turib, o`zgalar qo`lida tarbiyalanishi, farzandini kelajagi, va boshqa masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilishi natijasida yana bir oila yarashtirildi.

Hech bir farzand yomon bo`lib tug`ilmaydi, qush uyasida ko`rganini qiladi, uni yoshligidan to`g`ri tarbiyalash mehnatsevarlikka o`rgatish, uning kelajagini yaxshilash esa har bir ota-onaning burchidir.

    Boshqa yangiliklar