So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog`liq turli xildagi ma`lumotlar tarqalishi natijasida mazkur holatlar yuzasidan OAV vakillari va fuqarolarimizda bir qator savollar tug`ilmoqda.
Shu kabi holatlarga munosabat bildirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan 2019 yil 17 oktyabr kuni, soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat” mavzusida matbuot anjumani o`tkazilishi e`lon qilindi.
Unda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shaxrux Giyasov va vazirlikning bir qator mas`ul vakillari ishtirok etib, Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.
Tadbirda qatnashmoqchi bo`lgan OAV vakillari va blogerlar 16 oktyabr kuni soat 18:00ga qadar vazirlikning rasmiy elektron manzili (press@mvd.uz) orqali ro`yxatdan o`tishi so`raladi.






