📌BILASIZMI?
Temir yo`llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
👉 Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
👉 yarador bo`lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
👉 Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga.
3-guruh urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar temir yo`llarda chiptaning ellik foiz chegirmalari bilan yiliga bir marta yurish huquqiga ega.






