Buxoroning Kogon shahrida bir kelinning kirdikorlari fosh etildi.
Buxoro viloyati IIB xabariga ko`ra, 27 sentyabr kuni noma`lum shaxs Kogon shahar Maxtumquli mahallasida yashovchi nafaqadagi fuqaro S.M.ga tegishli jami 29 700 000 so`mlik 11 turdagi tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o`g`irlab ketgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu manzilda yashovchi, fuqaro S.M.ning kelini A.S sodir qilganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda to`liq xujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan qo`zg`atilgan .
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






