Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash bugungi kun muammosiga aylanib bormoqda. Shu sababli respublikamiz bo`ylab Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan tizimli reyd nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi reydlar natijasida joriy yilning 6 oktyabr kunida Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, ov quroliga ega bo`lgan fuqaro Z.R. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”iga kiritilgan hayvon ya`ni “jayron”ni, o`ziga tegishli bo`lgan ov quroli bilan otib o`ldirganligi aniqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Navoiy viloyati bo`linmasi mutasaddi xodimlari tomonidan fuqaro Z.R.ga tegishli ov quroli va o`q-dorilar shuningdek, ov qurolini olib yurish va saqlash huquqini beruvchi R-7-sonli ruxsatnoma o`rnatilgan tartibda olib qo`yildi.






