AsosiySiyosat

Sirdaryo viloyati hokimi daraxtlarni yoshiga qarab jarima belgilashni taklif qildi

'Sirdaryo viloyati hokimi daraxtlarni yoshiga qarab jarima belgilashni taklif qildi'ning rasmi

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida daraxtlarni noqonuniy kesish, ularni tamg`alash masalalari ham muhokama etildi.

Ushbu masala bo`yicha Sirdaryo viloyati hokimi, senator G`. Mirzaev quyidagicha taklif bildirdi:

“Taklifim shuki, daraxtlarni asrab qolish uchun ularni pasportlash, tamg`alash kerak. 10 yoshdan oshganlarini ro`yxatga olish ham zarur. Qeyingi masala hamma o`z bilganicha daraxtlarni butalayversa, ularni “nogiron” qilib qo`yamiz. Shuning uchun bu masalaga ilmiy yondashish lozim.

Yana bir taklifim shuki, daraxtlarni yoshiga qarab jarimalar miqdorini ham ko`paytirib borish kerak. Shunda amalga oshiradigan ishlarimiz samarasi seziladi”.

    Boshqa yangiliklar