AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlari markazi ilg`or terimchilarga sovg`alar ulashdi

'Davlat xizmatlari markazi ilg`or terimchilarga sovg`alar ulashdi'ning rasmi

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida “oq oltin” hisoblangan paxtani yig`ib olish qizg`in pallaga kirdi. Kuzning havosidan havotir olgan dehqonlari, terimchilarga dalda bo`lish maqsadida Andijon tuman davlat xizmatlari markazi Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida hasharchilar uchun madaniy-ma`rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o`tkazmoqda

Bu galgi manzil Omonov massivi bo`ldi. Tushlik paytidan foydalanib terimchilar ishtirokida “Yurt tinchligi va farovonligi yo`lida xizmat qilish oliy baxt” mavzusida uchrashuv o`tkazildi.

Unda ishtirok etgan tuman davlat xizmatlari markazi rahbari Doniyorbek Qurbonaliev so`nggi yillarda xalqning og`irini engil qilish, “davlat — fuqaro” munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni ta`minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko`rsatishning yangicha tizimi ishlab chiqilgani, bugun ushbu tizim o`zining ijobiy natijasini berayotganini qayd etib, bugungi kunda ko`rsatilayotgan xizmatlar haqida tushunchalar berdi.

Uchrashuv so`nggida ilg`or terimchilarga markazning esdalik sovg`alari topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar