AsosiyDunyo

Olmaotada fohishalik bilan shug`ullangan o`zbekistonlik ayollar qo`lga olindi

'Olmaotada fohishalik bilan shug`ullangan o`zbekistonlik ayollar qo`lga olindi'ning rasmi

Qozog`istonning Olmaota shahri huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`nta fohishaxona aniqlandi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Ijaraga olingan o`nta kvartiradan jami 16 nafar qiz Turksib tumani polisiya bo`limiga olib kelingan, ularning to`rt nafari — O`zbekiston fuqarosi.

Foto: “Zakon.kz”

«Qizlarning nima ish bilan shug`ullanishini bilgan ushbu kvartira egalariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik kodeksi bo`yicha ish ochilgan. Joriy yilning 1 iyulidan buyon 67 kishi fohishaxona ochganlik bo`yicha javobgarlikka tortilgan», — deyiladi Olmaota shahri polisiya boshqarmasining xabarida.

Foto: “Zakon.kz”

Polisiya boshqarmasiga olib kelingan engiltak ayollar maxsus ro`yxatga olingan. O`zbekiston fuqarolari esa migrasiya xizmati vakillari topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar