AsosiyJamiyat

Rossiyada o`zbekistonliklar YTHga uchradi

'Rossiyada o`zbekistonliklar YTHga uchradi'ning rasmi

Rossiya FVVning Saratov oblasti bo`yicha bosh boshqarmasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2019 yil 12 oktyabrga o`tar kechasi Petrovsk tumanida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarosi M.S. halokat joyida vafot etdi, 5 nafar hamyurtimiz jarohat bilan tuman kasalxonasiga joylashtirildi.

TIV xabariga ko`ra, O`zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur vaziyatni o`z nazoratiga oldi hamda marhumaning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug`ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildirgan va Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o`lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qilgan: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

    Boshqa yangiliklar