Podpolkovnik Zulfiqorov Bahrom Bilolidinovich Mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
BahromZulfiqorov 1980 yilda Andijon viloyatining Bo`z tumanida tug`ilgan. 2001 yilda Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan, 2008 yilda esa O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.
Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasida bo`lim boshlig`i lavozimida xizmat qilgan.
Eslatib o`tamiz, mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o`zida Mudofaa vazirliga Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti boshlig`i sanaladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






