AsosiyJamiyat

Dam olish kunlaridagi ob-havo

'Dam olish kunlaridagi ob-havo'ning rasmi

Bugun Volgabo`yidan g`arbiy Qozoqiston orqali respublikamiz hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib keldi, tekislik hududlarda avvalgidek quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog`li hududlarida yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzgi harorat mamlakatimizning katta qismida 2-3 darajaga pasayib, shu davr uchun xos bo`lgan me`yorlarga yaqin bo`ladi.

Dam olish kunlarida O`zbekiston aholisini iliq  va quruq ob-havo kutmoqda. Bu kunlarda respublikamizga Turkmaniston hududlaridan chiqqan iliq havo kiradi. Termometr ustunchasi kunduzi 24-27 darajagacha ko`tariladi.  

Kelayotgan hafta dushanba kuni navbatdagi havo oqimi kirishi bilan  respublikaning katta qismida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`lib, faqat Toshkent viloyatida havo o`zgarishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, uning tezligi 15-20 m/s gacha etishi mumkin. Kunduzgi harorat 18-23 darajagacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar