Bugun transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo`yicha davlat qo`mitasining chet el kapitali va xorijiy investisiyalar departamenti bosh direktori o`rinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegasiya a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida “O`zbekiston-Qirg`iziston-Xitoy” temir yo`l loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi. Xitoy tomoni mazkur temir yo`l liniyasi o`tishi mumkin bo`lgan hududlar bo`yicha o`z takliflarni bildirdi.
Tomonlar ushbu temir yo`l liniyasi nafaqat bir davlat uchun balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab o`tishdi. Shuningdek, mamlakatlar o`rtasida multimodal tashuvlar hajmini ko`paytirish, hamkorlikda avtomobil tashuvlarini faol rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.






