AsosiyJamiyat

“Ozodlik”ka murojaat qilgan “tadbirkor” iddaosi isbotini topmadi

'“Ozodlik”ka murojaat qilgan “tadbirkor” iddaosi isbotini topmadi'ning rasmi

Xalq banki Sherobod filiali mijozi “Temur Sement ta`minot” MChJ rahbari "Ozodlik" radiosiga bank ustidan shikoyat qilib murojaat qilibdi. Biroq, videomurojaat yuridik asosga ega emasligi va haqiqatdan yiroqligi aniqlandi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.

Tekshirilishicha, “Temur Sement ta`minot” MChJ Xalq banki Sherobod filialiga 986,0 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag`i ajratilishini so`rab murojaat qilgan bo`lib, hujjatlarni o`rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Xalq banki Sherobod filiali tomonidan “Bekmamat Fazliddin” fermer xo`jaligiga (rahbari Qodirova Gulshod, Temirov Bekmamatning turmush o`rtog`i) 2016 yil 28 oktyabrdagi 126-sonli kredit shartnomasiga asosan 500 mln. so`m miqdorida kredit mablag`i ajratilgan. Ushbu ajratilgan kredit biror vaqt belgilangan grafik asosida qaytarilmagan, surunkali ravishda muddati o`tkazib yopilganligi tufayli qarzdor salbiy kredit tarixiga ega mijoz sirasiga kiritilgan.

Qolaversa, “Temur Sement ta`minot” MChJ Xalq banki Sherobod filialiga 986,0 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo`yicha xo`jjatlari filial kredit komissiyasining kredit ajratilishi bo`yicha majlis bayonida ijobiy qaror qabul qilinmaganiga qaramasdan, mijoz hujjatlarni viloyat filialiga taqdim etgan.

Qayd etish lozimki, taqdim etilgan biznes reja mijoz tomonidan imzolanmagan va tasdiqlanmagan.

2019 yil 20 sentyabr kunidagi «Temur Sement Ta`minot» MChJ ta`sischilar yig`ilish bayonnomasida Ulxon Bozorovaning nizom jamg`armasidagi ulushi 100%, ya`ni 400 000 000 (to`rt yuz million) so`mligi bayon etilgan, ammo jamiyat tomonidan taqdim etilgan nizom jamg`armasida yagona ta`sischi Bekmamat Temirov ekani ko`rsatilgan.

Jamiyat tomonidan taqdim etilgan import shartnomalarining bahosi yuzasidan “O`zstandart” agentligi akkreditasiyasidan o`tgan tashkilot tomonidan ekspertiza xulosasi berilmagan.

Sherobod tuman hokimining 09.09.2019 yildagi Q-4948-sonli er maydonini ajratish to`g`risidagi qarori asosida jamiyatga 6 gektarli er maydoni doimiy foydalanish uchun ajratilgan.

Ushbu qarorning 7-bandida, mazkur qarorning tasdig`i viloyat hokimidan so`ralishi belgilangan bo`lsa-da, hujjatlar tarkibida ushbu qaror viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanganini isbotlovchi hujjat taqdim etilmagan.

Xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan import shartnomalari bo`yicha to`lov shakli oldindan 30 foiz miqdorida to`lab berish shartlari ko`rsatilgan. Biroq, MChJ rahbari tomonidan taqdim etilgan arizada Xitoy davlatiga borib, 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi texnologiya va uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun oldindan o`z mablag`i hisobidan 20 ming AQSh dollari miqdorida garov (avans) berilgani ko`rsatilgan, lekin ushbu mablag` (20 ming AQSh dollari) jamiyatning hisob raqamidan aks etirilmagan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuk tashish va maxsus texnika xizmatlarini ko`rsatishda avtoulovlarni saqlash joyi va unga xizmat ko`rsatuvchi alohida personal bo`lgandagina ushbu xizmatlarni ko`rsatish uchun lisenziya berilishi mumkinligi qayd etilgan, lekin ushbu talablar bajarilishi bo`yicha ma`lumot berilmagan.

Jamiyat ochilganiga atigi 2 oy bo`lgan va loyihaning investision davridagi xarajatlarni qoplash uchun zaruriy miqdordagi pul mablag`lari manbai asoslanmagan.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 27 dekabrda 2546-son bilan ro`yxatga olingan Nizomning 25-bandiga asosan Kredit yig`majildini tahlil qilish paytida tijorat banki tomonidan kredit shartnomasining turli jihatlari, qarz oluvchining kredit tarixi, uning rahbari obro`si (avvalgi ishlagan joylari, ilgari olingan kreditlarning o`z vaqtida qaytarilgani va boshqalar) baholanadi deb belgilab qo`yilgan. Shunga asosan mijoz kredit tarixi salbiy deb topilgan.

Qolaversa, MChJ rahbari murojaatida aytganganidek, xorijdan keltirilgan uskuna va maxsus texnikalar Tashqi savdo operasiyalari yagona elektron axborot tizimida mavjud emasliligi, ya`ni mazkur uskunalar yurtimiz hududiga kirib kelmaganligi aniqlangan.

Ko`rinib turibdiki, o`zini omma oldida jabrdiyda qilib ko`rsatayotgan “tadbirkor” iddaolari haqiqatga mos kelmayapti. Uning bankni qasddan obusizlantirishga urinishi ortidan qanday manfaat ko`zlagani ham bizga qorong`u...

    Boshqa yangiliklar