AsosiyDunyo

Braziliya sohillari neft bilan qoplandi

'Braziliya sohillari neft bilan qoplandi'ning rasmi

Braziliyaning 1500 kilometr sohil bo`yi hududi neft dog`i bilan qoplandi, deb xabar berdi Ntdtv.ru nashri.

Ayni damda Braziliyada noma`lum manbadan to`kilgan neftni yig`ishtirib olish ishlari olib borilmoqda. Neft dog`lari dastlab mamlakatning shimoliy-sharqiy sohil bo`yi hududlarida paydo bo`la boshlagan. Ma`lumotlarga ko`ra, ayni damga qadar 100 tonnadan ortiq neft mahsuloti yig`ishtirib olingan. Olib borilgan tadqiqotlardan bu mamlakatda qazib olinuvchi yoki xorijdan import qilinuvchi mahsulot qoldiqlari emasligi aniqlangan. 

Mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru neftning dengizga to`kilishi jinoiy guruhlar faoliyati bilan bog`liq ekanligini taxmin qilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri buni Venesuelladan olib ketilayotgan neft bo`lishi mumkinligi, biroq yakuniy xulosaga kelish uchun xali erta ekanligini ta`kidlab o`tdi.

    Boshqa yangiliklar